Amaliy seminar
17-iyun Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuni
Mazkur sana munosabati bilan Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan viloyatimiz hududida, ayniqsa, qurg‘oqchil bo‘lgan hududlarga ekilgan daraxt va butalarni sug‘orish, parvarishlash va turli zararli hashorotlarga qarshi kurashish ishlariga alohida e’tibor qaratish yuzasidan amaliy seminar tashkil etilidi.
Mazkur seminarda Xorazm viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig'i, Xorazm davlat o'rmon xo'jaligi direktori, Ichki ishlar boshqarmasi hodimlari, Urganch davlat universiteti talabalari, Xorazmyo'lko'kalam unitar korxonasi, Urganch shahar Obodonlashtirish boshqarmasi hodimlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomonidan mazkur ekologik sanada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish, parvarishlash, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, shifobaxsh dorivor o‘simliklarni ekish ishlarini yanada samarali tashkil etishga asosiy e'tibor qaratildi.