29май

Seminar

Tabiat resurslari vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2023 yil 29-apreldagi “Yerlarni rekultivasiyalash, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va undan oqilona foydalanishni tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 169-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazildi. 

Seminarda viloyat Tabiat resurslari boshqarmasining hududiy tuman, shahar bo'limlari, viloyat qishloq xo'jaligi boshqarmasi va Kon-geologiya inspeksiyasi xodimlari hamda ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari ishtirok etdi.

O'tkazilgan seminar davomida ushbu qarorda ko‘rsatilgan talablar yuzasidan ishtirokchilarga zarur ma’lumotlar berildi.  Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha mas'ullardan batafsil ma'lumotlar oldilar.