22май
22 MAY – XALQARO BIOLOGIK XILMA-XILLIK KUNI
1992 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilindi va u bir yil o‘tib, xalqaro hujjat sifatida kuchga kirdi. Ko‘plab muhim vazifalar belgilab berilgan mazkur Konvensiya bugungi kunda dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Shu munosabat bilan har yili 22 may — Xalqaro biologik xilma-xillik kuni sifatida nishonlanib kelinadi.
O‘zbekistonda barqaror rivojlanish uchun biologik xilma-xillikni saqlab qolishning o‘ta muhimliga alohida ahamiyat bergani holda bir qator xalqaro huquqiy hujjatlarga, shu jumladan, 1995 yilda Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shildi.