Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda "Xiva shahrida ommaviy tarzda daraxtlar kesilmoqdami?" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar Tabiat resusrlari vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan o'rganildi.
Oʼrganish davomida Xiva shahar “Mevaston” mahallasi hududidagi bir nechta qayrog'och daraxtlarda Xiva shahar O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi xulosasiga ko'ra qayrog'och daraxtlari po'stlog'ida Shahar mo'ylovdori lichinkasi aniqlangan.
Shu bilan birga qurib qolganligi hamda insonning hayoti va sogʼligʼi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotganligi sababli boshqarma davlat inspektorlari tomonidan holat bo'yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, sanitar tozalash maqsadida Xiva shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan kesib olinganligini ma'lum qilamiz.