Viloyatimiz bo'ylab "Tozo havo" tadbiri davom etmoqda
Urganch shahrida “Toza havo” oyligi doirasida Tabiat resurslar vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi, viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda barcha turdagi avtotransport vositalari texnik koʼrikdan oʼtkazilib, ulardan chiquvchi is gazi va tutun miqdorlarini oʼlchash ishlari amalga oshirilmoqda.
✔️ Ma'lumot o'rnida, viloyatimizda atmosfera havosiga tashlama tashlovchi asosiy maanbalar koʻchma maanbalar hisoblanadi. Yaʼni 85% tashlamalar avtotransportlardan atmosfera havosiga tashlamalar chiqariladi. Joriy yilning 1-chorak davomida atmosfera havosiga koʻchma maanbalarda 1296 ta avtotransport vositalarini benzin yoqilgʻisidan tabiiy gaz yaʼni metan, propanga oʻtkazilishi natijasida atmosfera havosiga tashlanadigan tashlamalarning 196,93 tonna kamayishiga erishildi.