20апр

Davlatimiz rahbari raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning yangi tizimi joriy qilindi.

Unga koʻra 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlaridan kelib chiqib uch toifaga ajratildi. Davlatning eʼtibori va koʻmagiga muhtoj yoshlar  har bir vazir, viloyat, shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, rektorlar, milliy gvardiya va harbiy qism komandirlari va tashkilot boshqarma boshliqlariga 50 nafardan nomma-nom biriktirildi.

Bugun Tabiat resurslari vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi  A.Q.Qlichev tomonidan Hazorasp tumanida oʻziga biriktirilgan 50 nafar yoshlarning har biri bilan batafsil suhbatlashdi, ularning muammolarini oʻrgandi. Muloqot natijasida ularning oʻqish va davolanish, tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari uchun amaliy yordam berish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanab olindi.