Ekologik huquqbuzarliklar uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
Ekologik huquqbuzarliklar uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
2025-yil 16-yanvar kuni "O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida"gi 1019-sonli Qonun qabul qilindi.
Unga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Hayvonlarni saqlash qoyidalarini buzish va saqlanishi taqiqlangan yavvoyi hayvonlarni saqlash qoyidalarini buzilishi holatlariga javobgarlik choralari kuchaytirildi.
921-modda
Saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash Yarim erkin sharoitlarda, sun'iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlash, — ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, — ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
110-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
110-modda.
Hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish. Shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish va saqlash choralarini ko‘rmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
245-moddaning birinchi qismidagi «94» raqami «921, 94» raqamlari bilan almashtirilsin.
2-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlasin.
3-modda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.
4-modda.
Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati