26мар

Hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduxakimov va Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyaning Ijrochi kotibi Emi Frankel xonim oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda joriy yil 23-28-oktyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan BMT Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiyasining     14-tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14)ni yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq jarayonlar muhokama etilib, mazkur konferensiyaga BMTning ekologiya va atrof-muhit masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkilot va tuzilmalari ishtirokini taʼminlashda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.